Yangiliklar

Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash va ularning amaliy natijadorligini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring ishlari olib borildi.

Monitoring davomida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi H.Pardayev tomonidan Kengashning ichimlik suvi ta’minoti sohasiga oid qarorida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan topshiriqlarning bajarilish holati hamda qaror ijrosi yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning amaldagi holatiga aniqlik kiritildi.

O‘rganish yakunida qaror ijrosini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3