Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova tomonidan “Alisherobod” mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ochiq muloqot o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qaroriga muvofiq, mahalladagi xotin-qizlar tomonidan bildirilgan ayrim muammolar muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida bildirilgan muammolar yechimi yuzasidan choralar belgilab olindi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganligi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.