Yangiliklar

Yoshlar bandligi – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sultonboy Ahmedov 2-son politexnikum bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

Tadbirda yoshlar “Fafer” MChJ faoliyati, ish sharoitlari, mehnat huquqlari hamda xodimlarga beriladigan imtiyozlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, korxonada ishlash va kelgusida oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni kasbiga mos ish bilan ta’minlash, ularga barqaror daromad manbai yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 2