Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Ashurov Kengash deputati B.Xollozovning saylov okrugiga qarashli “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, o‘rganishlar olib bordi.
💬 Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi. Unda asosan mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi faoliyati samaradorligi ko‘rib chiqildi.
💬 Hokim yordamchisi tavsiyasi va ko‘magi bilan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning natijadorligini aniqlash maqsadida hududda faoliyat yuritayotgan “RDB Termiz” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🟢“RDB Termiz” MCHJ bugungi kunda nafaqat shahar, balki viloyatimiz aholisini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlab kelmoqda.
🟢Uchrashuv davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvati, yaratilgan yangi ish o‘rinlari hamda kelgusidagi kengayish rejalari muhokama qilindi.
🟢Ajratilgan kredit mablag‘lari korxona faoliyatini rivojlantirishga va aholini arzon hamda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilayotgani tahlil etildi.
💬 O‘rganish yakunida hokim yordamchisining faoliyatiga ijobiy baho berilib, hududda yangi tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.