Mazkur so‘rovda ta’lim muassasasi oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi, tegishli yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari mavjud emasligi tufayli bolalar va ota-onalar uchun noqulaylik hamda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani ko‘tarilgan.
💬 Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilib, 19-son maktabgacha ta’lim tashkiloti oldida zamonaviy piyodalar o‘tish yo‘lagi chizilmoqda, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
💬 Ushbu ishlar bolajonlarimizning ta’lim muassasasiga qatnovi davomida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.
💬 Deputatlik nazorati orqali aholini qiynab kelayotgan muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Fuqarolar murojaatlari va joylardagi o‘rganishlar asosida muhim masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda.