O‘rgandilar: Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Aliqulov hamda hudud deputati R.Xoldarov.
O‘rganish manzili: Marhamat tumani "Qorabog‘ich" mahallasida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabi.
Aniqlangan kamchiliklar: Maktab sinf xonalarining pol qismi hamda binoning ayrim boshqa joylari ta’mirtalab ahvolda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ko‘rilgan chora: Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida, mutasaddi tashkilotga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.