Yangiliklar

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, mahallada 42 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan, 46 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shuningdek, hududda 16 ta mikroloyiha ishga tushirilgan.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi bandligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2