Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova tomonidan 14-DMTT faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova tomonidan 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Tashkilot 200 o‘rinli bo‘lib, 10 ta guruhdan iborat ekanligi aniqlandi. O‘rganish jarayonida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya sifati hamda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Bolalar bilan ingliz tili, rus tili, mental arifmetika va musiqa darslari jarayonlari bevosita kuzatildi.
🔹Tarbiyalanuvchilarga mavzuga doir savollar berilib, ularning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
🔹 Bolalarning javoblari va faolligi ijobiy baholandi.
Mazkur o‘rganish davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, bolalarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Maqsad — maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash.