Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov Sovot mahallasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi loyihasi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida loyiha asosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, quvurlar tortilishi hamda suv tarmog‘ining 12 ta ko‘chaga tortilishi tahlil qilindi.
Hozirgi kunga qadar loyihaning asosiy qismi bajarilib, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari ancha jadallashgani qayd etildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi xonadonlarini to‘liq qamrab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.