Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Sessiyada navbatdagi “Sherobod tumanidagi gavjum ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari X.Xojidinov ushbu masalaning doimiy komissiyada atroflicha muhokama qilingani hamda qaror loyihasi yuzasidan komissiya xulosalarini bayon etdi.

So‘z yakunida mazkur masalaning dolzarbligini inobatga olib, deputatlar qaror loyihasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirildi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Slide 1 of 4