Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Parazitologiya bo‘limi laboratoriyasi tomonidan 4 oyda 6416 nafar bola gijjaga tekshirildi.

1-maydan boshlab 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida parazitar kasalliklarga qarshi profilaktika ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu jarayonda:

51 ta maktab,

27 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti,

hamda mahallalarda yashovchi uyushmagan bolalar qamrab olindi.
Ro‘yxat asosida jami 33 115 nafar bola belgilangan bo‘lib, ulardan 8 409 nafariga “Albendazol” preparati ichirilgani aniqlandi.

Hozirda dehelmintizatsiya ishlari davom etmoqda va 1-iyungacha qolgan bolalarga ham belgilangan tartibda profilaktik dori vositasi berilishi rejalashtirilgani maʼlum boʻldi.

Slide 1 of 4