Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri J. Hafizov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati E. Navro‘zov tomonidan 12-sonli maktab direktori va pedagog jamoasining murojaati asosida Navoiy shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktabning sinf xonalari hamda eshiklarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ayrim eshiklarni ta’mirlash va yangilash zarurligi aniqlandi.

Mutasaddilar tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida maktabning barcha sinf xonalariga yangi eshiklar o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi bildirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri J. Hafizov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati E. Navro‘zov tomonidan 12-sonli maktab direktori va pedagog jamoasining murojaati asosida Navoiy shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktabning sinf xonalari hamda eshiklarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ayrim eshiklarni ta’mirlash va yangilash zarurligi aniqlandi.

Mutasaddilar tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida maktabning barcha sinf xonalariga yangi eshiklar o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi bildirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 6