Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Uzumzor mahallasida yangi maktab qurilishi ko‘zdan kechirildi

🔴 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori asosida hududni rivojlantirish dasturi ijrosiga e’tibor qaratildi.

🔴Ayni paytda mahallada 330 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi hamda keng sig‘imli sport zalini barpo etish ishlari jadal davom etmoqda.

🔴Qiymati 11 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu yirik loyiha hududdagi ta’lim sifatini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔴Loyiha hujjatlariga muvofiq, zamonaviy andozadagi mazkur ta’lim maskanining qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida yakunlanishi belgilangan.

🔴Deputat tomonidan davlat dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ishlar sifati yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatildi.

Slide 1 of 8