Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADA AMALIY ISHLAR: ICHKI KOʻCHALAR SHAG'ALLASHTIRILMOQDA

MAHALLADA AMALIY ISHLAR: ICHKI KOʻCHALAR SHAG'ALLASHTIRILMOQDA
Xalq farovonligi va aholi turmush sharoitini yaxshilash — bosh maqsad!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova boshchiligida “Novqa” MFY, Nurobod koʻchasida boshlangan xayrli ishlar tizimli davom etmoqda.
Hashar yoʻli bilan hududdagi ichki koʻchalarni shag'allashtirish va tekislash ishlari olib borildi.
Amalga oshirilgan ishlar:
🚧 Koʻchalarga qum-shagʻal aralashmasi toʻkildi.
🚜 Yoʻllar maxsus texnikalar yordamida tekislandi.
🛣 Loy va nosoz yoʻllar ravon holatga keltirildi.
Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi. Hamjihatlik bor joyda baraka va rivojlanish boʻladi!

Slide 1 of 3