✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan aholi xonadonlariga borib, fuqarolarning yashash sharoiti va ularni qiynab kelayotgan muammolar joyida o‘rganildi.
✅Tashrif davomida uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir xonadonda aniqlangan muammolar alohida qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, murakkabroq muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
✅Bunday o‘rganishlar aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, muammolarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi.