Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KAMBAG‘ALLIK REESTRIDA ANIQLIK VA ADOLAT TA’MINLANMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Qorag‘uppa mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganishlar davomida mahallada kambag‘allik reestriga jami 38 nafar fuqaro kiritilgani aniqlandi.

✅Shundan 20 nafar fuqaro noto‘g‘ri kiritilgani va hozirgi vaqtda reestrdan chiqarib tashlangani ma’lum bo‘ldi.

✅Shuningdek, reestrda "mahalla yettiligi"ning yaqin qarindoshlari bor-yo‘qligi o‘rganilib, ularning ijtimoiy holati tahlil qilindi.

❇️Ayrim shaxslar kambag‘allik reestrida mavjud emasligi va ularga nisbatan ma’lumotlar aniqlashtirilgani bildirildi.

✅Mazkur yo‘nalishda adolat va shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand fuqarolarni aniq belgilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2