Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro D.Abdullayevaning Kengashga yo‘llagan murojaati shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda hududdan viloyat Kengashiga saylangan deputat F.Sa’dullayeva va mahalla yettiligining tegishli hodimlari ishtirokida o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaro turar-joyini ta’mirlash yuzasidan yordam so‘raganligini inobatga olib, ijtimoiy hodim tomonidan zarur hujjatlar olinishi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amaliy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berildi.