Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan deputatlik faoliyati samaradorligini baholash tizimi — KPI platformasida ishlash jarayonida qiyinchiliklarga duch kelayotgan deputatlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

🔷Jarayon davomida deputatlarga tizimga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, hisobotlarni shakllantirish, murojaatlar va amalga oshirilgan ishlarni platformaga joylashtirish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔷Shuningdek, KPI tizimidan samarali foydalanish, faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va sifatli yuritish bo‘yicha tavsiyalar berilib, deputatlarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Slide 1 of 4