Yangiliklar

Mahallada yoshlar bandligi holati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Saidov tomonidan mahalladagi yoshlarning bandlik darajasi, ularning bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etilishi hamda kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari holati o‘rganilmoqda.

🚌O‘rganish jarayonida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mavjud muammolar va imkoniyatlar tahlil qilinmoqda.

🚙Shuningdek, mahallada mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali yoshlar bandligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

🚐Mazkur ishlar yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1