Yangiliklar

Oshiq Ota mahallasida elektr ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Eliboyev tomonidan Oshiq Ota mahallasi hududida elektr ta’minoti holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida:
— Aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati
— Tarmoqdagi uzilishlar holati
— Mavjud muammolar va ularning sabablari atroflicha tahlil qilindi

⚠️ Aniqlanishicha, ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani va bu aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi.

📨 Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 3