Yangiliklar

Deputat Do‘rmonsoy mebel ishlab chiqarish sexida bo‘ldi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘.Shukurov o‘z saylov okrugida faoliyat yuritayotgan tadbirkor X. Raxmonovga qarashli Do‘rmonsoy mebel ishlab chiqarish sexiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari hamda korxonaning bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2