“Xomkon” mahallasida aholi muammolari va murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev “Xomkon” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.
Tashrif davomida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda mavjud muammolar, infratuzilma holati, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida hududni yanada rivojlantirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev