Yangiliklar

Kengash va mahalla yettiligi hamkorligi doirasida ishlar davom etmoqda

Kengash va mahalla yettiligi hamkorligi doirasida ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva hududidagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, hududni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, hududni obodonlashtirish, qurilish ishlari hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Bu kabi o‘rganishlar mahalla va Kengash hamkorligini yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishda muhim аҳamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov_B_Botayeva

Slide 1 of 4