Yangiliklar

TALIM BERISH SIFATI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q. O‘tayev bilan hamkorlikda Sardoba tumani markazida joylashgan 6-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini yaqindan o‘rgandilar.

O‘rganish davomida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qituvchilarning dars o‘tish sifati hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning bilim olish darajasi va darslarga bo‘lgan qiziqishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tahlillar natijasida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim sifatini yana-da oshirish va yosh avlodga zamonaviy bilim berishni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4