Aholi murojaati e'tiborda: Ichimlik suvi muammosi o'rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Z. Achildiyevning hududdagi holat yuzasidan kiritgan so‘rovi asosida amaliy o'rganish ishlari olib borildi.
Termiz tumani “Suvoqova” MChJ boshlig‘i M. Odinayev va soha mutaxassislari bilan birgalikda hududga chiqilib, ichimlik suv tizimidagi mavjud muammolar hamda nosozliklar bevosita joyida ko'zdan kechirildi.
Tez orada ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha tegishli choralar ko'rilishi ta'minlanadi.