Yangiliklar

Murojaat e’tiborsiz qolmadi

️Ko‘tarma mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovichga murojaat qilindi.

Murojaatchining xonadoni yaqinidagi belgilanmagan hududga chiqindi tashlanayotgani, bu holatning hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani va aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi. Mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.

Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, masalaga mas’ul tashkilotlar jalb etilishi hamda hududda tozalash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilib, chiqindilar bartaraf etilish choralari ko'rilishi belgilab olindi.

️ Shuningdek, kelajakda bunday holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik choralar ko‘rilmoqda.

️Fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, har bir masala yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 2