Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, "mahalla yettiligi"ning aholi bilan ishlashdagi natijadorligiga e’tibor qaratildi.
💬Jumladan:
✔️Hokim yordamchisi faoliyati:
🔅Kredit: Mahalladagi 25 nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 10 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratildi.
🔅Bandlik: Olib borilgan ishlar natijasida 8 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlandi.
🔅O‘qish: Kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan 4 nafar fuqaro maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.
✔️Xotin-qizlar faoli faoliyati:
🔅Ijtimoiy himoya: I chorak davomida ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj 170 nafar ayol "Ayollar daftari"ga kiritilib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish belgilandi.
🔅Bandlik: Mahalladagi 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
🔅Oila barqarorligi: Nizoli vaziyatdagi 5 ta oila yarashtirilib, sog‘lom muhit tiklandi.
🔅Himoya: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni himoya qilish maqsadida 2 nafar xotin-qizga "Himoya orderi" berildi.
🫥Deputat va kotibiyat mudiri mahalla mas’ullarining I chorakdagi faoliyatini tahlil qilib, erishilgan natijalarni mustahkamlash hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab berdilar.