Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo‘limda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani, xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotgani, murojaatlar bilan ishlash va ochiqlikni ta’minlash borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Shu bilan birga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlar yuritilishida shaffoflikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6