Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari D.Egamqulova va N.Turdiyevlar tomonidan A.Navoiy MFY Sayxun ko‘chasida joylashgan suv ta’minoti inshootida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

📄Avvalroq mazkur hududdagi suv bashniyasidan chiqayotgan suvning yuqori darajada sho‘rligi sababli iste’molga yaroqsizligi yuzasidan aholi tomonidan murojaat kelib tushgan edi. 

💧Hozirgi kunda tuman suv ta’minoti bo‘limi tomonidan boshqa hududdagi ichimlikka yaroqli suv manbasidan mazkur bashniyaga suv yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, sho‘r suv berilishi to‘xtatilishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 4