Yangiliklar

Chinoz tumani.Mahalladagi ichki ko'chalar holati o'rganildi

Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sherzod Botirov tomonidan tumandagi “Yo‘ltushgan” MFY, Turon ko‘chasida joylashgan ichki yo‘llarning holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududdagi yo‘llarning ta’mirtalab ekani, aholiga qulay sharoit yaratish borasida hali bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i T. Tajibayevga “Deputatlik so‘rovi” chiqarildi.

 Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 4