Yangiliklar

Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani 15-Pangat saylov okrugi deputati D.Do'squlova pilla yetishtirish jarayonining barcha bosqichlari, xususan tut barglarini tayyorlash, qurtlarni parvarish qilish, ular uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda pilla yig‘ib olish ishlari atroflicha o‘rgandi.

Suhbatlar davomida xonadon egalari o‘z tajribalari, mavjud imkoniyatlar va sohadagi ayrim muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, pillachilik orqali aholi bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbai yaratish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda ushbu yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, sohani yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va ish samaradorligini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1