Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hududdagi tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qildi.

Qabul jarayonida tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirish jarayonlarida to‘siq bo‘lib kelayotgan muammolarni hal etilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat etishdi.

Kelib tushgan murojaatlarni amaldagi tartibga muvofiq ko‘rib chiqilishi va hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Kengash raisi tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan tizimli va ochiq muloqotni davom ettirish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda hududda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasidagi ishlar izchil olib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4