Yangiliklar

📌 FARZAND TA’LIMI — OTA-ONA MAS’ULIYATI VA JAMOATCHILIK HAMKORLIGI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi D.Abdrimova hamda “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O.Ataxanov bilan hamkorlikda tuman MMTBga qarashli umumta’lim maktablarida “Bolalar ta’limi: ota-ona burchi va jamiyat oldidagi mas’uliyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning qonuniy majburiyatlari hamda jamiyat oldidagi mas’uliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bildirilgan fikr va mulohazalar asosida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 2