Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 5-Seplon saylov okrugidan saylangan deputat M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Xalq deputatlari Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-sonli “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan ayollar bilan uchruv o‘tkazildi.
⏺Uchrashuv davomida Farmonning mazmun-mohiyati keng yoritilib, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, ayniqsa, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
⏺Shu bilan birga, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, profilaktik ishlarni kuchaytirish, muammoli holatlarni erta aniqlash va ularni bartaraf etishda aniq mexanizmlarni joriy etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
⏺Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, har bir hududda xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini himoya qilish borasida mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.