Yunusobod tumanidagi 21-sonli maktabda Ekologik bilimlar kuni munosabati bilan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ekologik madaniyat asoslari yuzasidan mazmunli suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik mas’uliyat va kundalik hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali ko‘nikmalar haqida tushunchalar berildi.
Seminar yakunida maktabdagi ekologik harakatda faol ishtirok etib kelayotgan o‘quvchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting!