Xususan, Toshloq tepa MFY hududida joylashgan Qizlar tepa mozori ko‘cha devori bilan bog‘liq murojaat asosida doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda komissiya a’zosi S.Azizov mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida joyiga chiqib, holatni atroflicha o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar ko‘zdan kechirilib, hududni tartibga keltirish va obodonlashtirish zarurligi qayd etildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.