Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov, kotibiyat mudiri I.Masharipov, bosh mutaxassis U.Ruzmetov hamda tuman Kengashi deputatlari M.Kariev va M.Nurjanovalar tumandagi Tuproqqal’a mahallasida joylashgan 3-son Oila poliklinikasida bo‘lishdi.
🏥 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (№265-I) talablari asosida:
🔹 tez tibbiy yordam xizmati holati
🔹 fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar
🔹 birlamchi tibbiy yordam sifati
🔹 bepul dori-darmon zaxirasi
🔹 ambulator davolanayotgan bemorlar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, davolanayotgan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
✅ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.