Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan 9-sonli oilaviy poliklinikada hududda joylashgan 2-son politexnikumda tahsil olayotgan qizlar ishtirokida erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida erta nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lig‘i va kelajak hayotiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik normalari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, ularning ta’lim olish va kasb-hunar egallash huquqlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yoshlarni mustaqil hayotga puxta tayyorlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, yoshlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4