Yangiliklar

Hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2-Paxtaobod saylov okrugi deputati A.Rahimov Sohibkor mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha tahlil qildi. Ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔍 O‘rganishlar davomida ehtiyojmand oilalarni aniqlash va manzilli qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish hamda bandlikni ta’minlash, ajratilgan imtiyozli kredit va subsidiya mablag‘laridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

⚠️ Shuningdek, ayrim hududlarda mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.