Mazkur qarorga muvofiq, Samarqand shahrida 12 nafar fuqaro o‘z mulklariga nisbatan to‘liq huquqiy egalik va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 2026-yil davomida shahardagi 124 ta mahallada xatlov o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 314 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etilgan, shundan 129 nafari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Bugun Samarqand shahrida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida shahar adliya bo‘limi, shahar Kengashi kotibiyati xodimlari, viloyat va shahar Kengashi deputatlari hamda fuqarolar ishtirokida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tantanali topshirish marosimi tashkil etildi.
Mazkur jarayon fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va huquqiy aniqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.