Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Yig'ilishda, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mas’ullar hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar:
➡️Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
➡️Shahar hududida 2026-yil 1-chorak davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan shahar prokurori Sh.Suyunovning axboroti eshitildi.
➡️Shahar hududida 2026-yil 1-chorak davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Baykulovning hisoboti tahlil qilindi.
➡️Shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish
➡️Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining 2026-yil 19-fevraldagi VII-20-12-9-131-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
✅Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.