Yangiliklar

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati T.Tangirov tumandagi “Yangiyer” mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolari bilan suhbat o‘tkazdi

Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, infratuzilma holati, kommunal xizmatlar sifati va boshqa masalalar yuzasidan fikrlar eshitildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishi aholi bilan bevosita muloqotni yaxshilash, fuqarolarning muammolariga joyida yechim topish va hududlarni rivojlantirishga ko‘mak bermoqda.

Slide 1 of 2