Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 9-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Xusanova Norbegim Rivojovna tomonidan Mirzo Salimiy mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
Mirzo Salimiy mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mahalla rivoji yo‘nalishlari hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hokim yordamchilarining kundalik faoliyati alohida e’tiborda.
Shu doirada deputat Xusanova Norbegim Rivojovna mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ish jarayonini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.
Suhbat davomida:
🔹Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi;
🔹Mahallada mavjud ayrim muammolar, shu jumladan bandlik, ijtimoiy yordam va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi;
🔹Deputat tomonidan samaradorlikni yanada oshirish, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.