Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining 9-Sariq saylov okrugi deputati Yaxshieva Xurshida Bobomurat qizi tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan saylovchilar bilan axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati,

— tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid dastur va loyihalar,

— hududda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlari haqida batafsil axborot berildi.

🔹 Shuningdek, uchrashuvda mahalla raisi A. Nasrullaev hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan maktab, yo‘l va elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan berilgan savollar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🔹 Uchrashuvda Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Dilfuza Kenjayeva ishtirok etdi.

✅ Mazkur uchrashuv aholining murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida hal etish hamda xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 7