🏢 Yangi maskan deputatlar tashabbusi bilan barpo etildi
Sufon mahallasida zamonaviy mahalla ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.
✅Ochilish marosimida Quvasoy shahar Kengashi raisi Sh. Dadaboyev, viloyat Kengashi deputati D. Mexmonova hamda hudud saylangan deputati Sh. Sotvoldiyeva ishtirok etib, binoni tantanali ravishda ochib berishdi.
✅Yangi bino hashar va homiylik mablag‘lari asosida bunyod etilib, fuqarolarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
🏙Yangi bino — mahalla hayotida yangi imkoniyatlar demakdir.