Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman 14–Xamza saylov okrugi deputati Avazov Azamat tashabbusi bilan hududlardagi aholi tomorqalariga xizmat qiluvchi lotoklarni tozalash ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir davomida suv yo‘llarining o‘tkazuvchanligini yaxshilash, sug‘orish tizimini tartibga keltirish hamda tomorqalardan samarali foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Tozalash ishlari natijasida lotoklarda to‘planib qolgan chiqindilar bartaraf etilib, suv oqimining erkin harakatlanishi ta’minlandi. Bu esa aholi tomorqalarini sug‘orishda qulaylik yaratib, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3