Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati F.Axmedov tumanning “Sijjak” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹 Uchrashuvda deputat tomonidan mamlakatimiz olib borilayotgan islohotlar, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi, 2026-yilga belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash, umumta’lim maktabini joriy ta’mirlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2