Yangiliklar

Yashil bog‘ – e’tibor va nazorat markazida!

    Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 17-Zarbdor saylov okrugi deputati R.Eshbekov Kengashning 2025-yil 26-iyundagi №VII-13-103-9-124-K/25-sonli qarori ijrosini manzilli o'rgandi. 

   Soyibobod MFY hududidagi 0,50 ga yer maydonida tashkil etilgan Yashil bog‘ hududi to‘liq ko'zdan kechirildi.

   O‘rganish jarayonida ekilgan manzarali va mevali ko‘chatlar ko‘karib, gullab turgani, ularning o‘z vaqtida sug‘orilib, parvarish qilinayotgani alohida e'tiborga olindi.

    Hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida bog‘ tobora yashnab, aholiga qulay va chiroyli maskanga aylanmoqda.

Slide 1 of 3