Yangiliklar

YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda “Chegara” mahallasi deputati I.Tangirov (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8326?single) Respublika hududlarida Hududiy investisiya dasturi doirasida 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan investisiya loyihalari bo‘yicha Termiz shahar “Chegara” MFY hududidagi “AL QASR TERMEZ” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy qurulish ishlari bilan tanishdi.

💬Nazorat jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔅Qurilish ishlarining belgilangan grafik asosida borishi;

🔅Qurilish materiallarining sifati va texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;

🔅Binoning infratuzilma (gaz, elektr, suv va oqova suv) tizimlariga ulanish imkoniyatlari;

🔅Atrof-muhitni obodonlashtirish va bolalar maydonchalari loyihasining mavjudligi.

🫥O‘rganish yakunida tadbirkor va quruvchilarga ishlarni sifatli yakunlash hamda hudud infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3