️Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshboyev tomonidan Oqoltin tumani “Andijon” mahallasi hududida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali va
undagi sport anjomlari mavjudligi, jihozlarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport anjomlari va jihozlar yaxshi holatdaligi, bolalar uchun sport to‘shagi (mat) va gimnastika otiga ehtiyoj borligi aniqlandi.
Kengash raisi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda muammolar yechimini ijobiy hal qilish choralarini ko‘rishni rejalashtirib oldilar.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.